Шрифт ўлчами Ранг Расм

www.DANGARA.uz


<< Aprel 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930    

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 23 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси


SOLIQCHI TADBIRKORGA KO’MAKCHI

×

 2022-02-28 18:06:10    572

PDF юклаш
Чоп этиш



Dang’ara tumani Davlat soliq Inspeksiyasi tumanimizda davlatimiz  raxbari topshirig’iga asosan joriy etilgan “Soliqchi tadbirkorga ko’makchi” tamoyili asosida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

 

           Jumladan 2022-yilning fеvral oyida yangi ro’yxatdan 17 ta tadbirkorlik subektlariga dastlabki buxgalteriya xisobini yuritish bo’yicha amaliy yordam xamda zarur tushunchalar berildi.

       Fevral oyida jami 140 ta tadbirkorlik subektlardagi mavjud muammolar o’rganilib, zarur amaliy yordamlar ko’rsatildi. Joriy yilning  fevral oyida 6 nafar xo’jalik yurituvchi subektlarini ortiqcha to’lov summalarini xisob raqamlariga qaytarishda amaliy yordam ko’rsatildi. 15 nafar tadbirkorlarga shaxsiy xisob varag’idan nusxa olishda amaliy yordam ko’rsatildi. 25 nafar tadbirkorlarning soliq organiga aloqador boshqa muammolariga amaliy ko’mak berildi, shuningdek 24 ta tadbirkorlik subektlariga soliq imtiyozlari va ularni qo’llash tartibi xaqida tushunchalar berildi.

    Dang’ara tuman Davlat soliq ispeksiyasi xodimlari xar doim tadbirkorlarni qo’llab quvvatlaymiz, ularning tadbirkorlik faoliyatlarini rivojlantirib yurtimiz ravnaqiga munosib xissa qo’shishlariga birgalikda yordam beramiz.   

            

          

 

 Tuman Davlat soliq inspeksiyasi

“Tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash”

 sho’basi  boshlig’i

  N.Tolibjonov


Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook, Telegram