Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SOLIQCHI TADBIRKORGA KO’MAKCHI

2022-02-28 18:06:10 571

Dang’ara tumani Davlat soliq Inspeksiyasi tumanimizda davlatimiz raxbari topshirig’iga asosan joriy etilgan “Soliqchi tadbirkorga ko’makchi” tamoyili asosida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan 2022-yilning fеvral oyida yangi ro’yxatdan 17 ta tadbirkorlik subektlariga dastlabki buxgalteriya xisobini yuritish bo’yicha amaliy yordam xamda zarur tushunchalar berildi.
Fevral oyida jami 140 ta tadbirkorlik subektlardagi mavjud muammolar o’rganilib, zarur amaliy yordamlar ko’rsatildi. Joriy yilning fevral oyida 6 nafar xo’jalik yurituvchi subektlarini ortiqcha to’lov summalarini xisob raqamlariga qaytarishda amaliy yordam ko’rsatildi. 15 nafar tadbirkorlarga shaxsiy xisob varag’idan nusxa olishda amaliy yordam ko’rsatildi. 25 nafar tadbirkorlarning soliq organiga aloqador boshqa muammolariga amaliy ko’mak berildi, shuningdek 24 ta tadbirkorlik subektlariga soliq imtiyozlari va ularni qo’llash tartibi xaqida tushunchalar berildi.
Dang’ara tuman Davlat soliq ispeksiyasi xodimlari xar doim tadbirkorlarni qo’llab quvvatlaymiz, ularning tadbirkorlik faoliyatlarini rivojlantirib yurtimiz ravnaqiga munosib xissa qo’shishlariga birgalikda yordam beramiz.
Tuman Davlat soliq inspeksiyasi
“Tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash”
sho’basi boshlig’i
N.Tolibjonov