Shrift o'lchami Rang Rasm

www.DANGARA.uz


<< Noyabr 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Munosabat

×

 2022-12-13 18:31:41    502

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda Dang‘ara tumani, Shildir qishlog‘ida fermerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaro tomchilatib sug‘orish texnologiyasini qurish bo‘yicha “Veridian inventum” korxonasi bilan shartnoma tuzgani, ammo qurilishni yakunlab bermagani aytilgan. Fermer qurib foydalanishga topshirilmagan texnologiya uchun ikki yildan buyon kredit to‘lab kelayotganini aytgan. Mazkur masalada bo‘lib o‘tgan sud jarayonlarida fermer foydasiga qaror chiqarilgani, ammo ijrosi ta’minlanmayotgani va zarar qoplab berilmayotgani ta’kidlanganligi aks etgan videomurojaat e’lon qilindi.

Holat o‘rganish talab qilganligi sabab, tegishli mas’ullar ishtirokida barcha hujjatlar qonun talablari asosida qayta o‘rganib chiqiladi. Ijrosi fermer foydasiga hal qilinishi bo‘yicha choralar ko‘riladi.