Shrift o'lchami Rang Rasm

www.DANGARA.uz


<< Aprel 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


HOKIMGA MAKTUB

×

 2020-01-14 16:21:22    1086

PDF yuklash
Chop etish


Assalomu alaykum, hurmatli Shuhrat Madaminovich G’aniyev!

Men, Sizga biror bir masalada ariza yoki shikoyat bilan murojaat qilganim yo’q. Aksincha, Sizga minnatdorchilik bildirish maqsadida murojaat yo’llamoqdaman. Meni mutaxassisligim huquqshunos. Farg’ona shahrida ishlayman.

Hurmatli Shuhrat Madaminovich, televideniyeda Sizni Furqat tumani, Qo’qon shahri va Uchko’prik tumani yoshlari hamda faollari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvingizni ko’rib, juda xursand bo’ldim. Ushbu uchrashuvni tomosha qilib, u yerda bo’lib o’tgan suhbatlarni eshitib, men bir narsani angladim.

Siz, Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshlab bergan islohotlarni viloyatimizdagi amaldagi ijrochisi va jonkuyar davlat xizmatchisi bo’lgan insonsiz. Biz Farg’ona yoshlari, Farg’ona viloyatini bugungi kundagi ravnaqi hamda rivojida Sizning sa'y-harakatlaringizni juda katta deb bilamiz va buni qadrlaymiz.

Sizga kelgusidagi barcha xayrli ishlaringizda omad tilab qolaman.

Shoxruh Ahmedov,

Farg’ona shahri.